Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Barselona"dagilar Neymarni Kennedining qotilligida ham ayblashlaridan xavfsirashmoqda
"Barselona" jamoasining vitse-prezidenti Karlas Vilarrubi Neymarning "Santos"dan transfer qilinishi bilan bog‘liq voqea yuzasidan qo‘yilayotgan ayblovlarga o‘ta keskinlik bilan munosabat bildirdi.
Neymar bu transfer amalga oshirilishi chog‘ida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani yuzasidan Ispaniya sudiga tergov uchun chaqirilgandi.
"Neymar kundan-kunga yaxshiroq o‘ynamoqda. Muxlislar uning jozibali o‘yiniga tobora maftun bo‘lib borishmoqda. Lekin unga bosim orttirilmoqda. Unga qarshi butun tizim ish olib borayotganga o‘xshaydi. Men aminmanki, ular bora-bora Neymarning Kennedi o‘ldirilgan kunda Dallasda bo‘lgani haqida ham aytib chiqishadi", deydi u RAC-1 nashriga.
OAV: Ispaniya prokuraturasi Neymarni tamagirlikda ayblamoqda
«Santos» FIFAdan Neymarni yarim yilga diskvalifikatsiya qilishni so‘ramoqda
“Barselona” Neymar “Oltin to‘p” short-listiga kiritilgani uchun “Santos”ga 2 mln yevro to‘laydi
«Barselona» Neymar uchun «Santos»ga qo‘shimcha mablag‘ to‘lamoqchi emas
Neymar Ispaniya milliy sudiga chaqirildi