O‘zbekiston | 14:43 / 18.01.2016
8760
1 daqiqa o‘qiladi

Chirchiqda boychechak gulladi

O‘zbekistonda keyingi kunlarda hukm surgan iliq ob-havo odatda bahorda yoki bahor arafasida yuz beradigan jarayonlarni yanvar oyiga ko‘chirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tabiatda ro‘y bergan barvaqt uyg‘onish tasvirlari paydo bo‘lgan.

Shunday suratlardan biri 16 yanvar kuni Chirchiqda olingan bo‘lib, unda boychechak gullaganini ko‘rish mumkin.

O‘tgan haftada Termizda so‘nggi 32 yil ichidagi eng issiq qish kuni qayd etilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Samarqandda 2 yanvar kuni issiq harorat rekordi qayd etilgan.

O‘zbekiston hududida 2015 yilning dekabr oyidan beri saqlanib turgan yuqori haroratga Osiyoning janubiy hududlaridan iliq va nam havoning kirib kelayotgani sabab ekanligi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish