Sport | 18:23 / 18.01.2016
5058
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA Sankt-Peterburgni Konfederatsiyalar Kubogi-2017 mezbonligidan mahrum qilishi mumkin

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Konfederatsiyalar Kubogi-2017 musobaqasini o‘tkazish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

«Fontanka.ru» internet-nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, aprel oyi boshida Krestovsk orolidagi stadionni tekshirish uchun FIFA inspeksiyasi vakillari tashrif buyurishadi. Agar shu jarayonda FIFAni natijalar qoniqtirmasa, Peterburgni Konfederatsiyalar Kubogi-2017 musobaqalariga mezbonlik qilishdan mahrum etish masalasi ko‘tariladi.

«FIFA komissiyasining kelishidan xavotirli holatlar yetarlicha, asosan transport harakati — ko‘prik, metro, avtomobil to‘xtash joylarining yo‘qligi — shahardan Konfederatsiyalar Kubogi-2017 musobaqasini o‘tkazish imkoniyatini tortib olishga sabab bo‘lishi mumkin.

Moskvadagi «Lujniki» stadioni ularga ko‘proq yoqishi aniq. Bu fakt», – deydi «Rossiya-2018» tashkiliy qo‘mitasi vakillaridan biri.