Jahon | 13:59 / 18.01.2016
2823
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Liviyaga IShIDga qarshi kurashda yordam beradi

Germaniya Liviyaga IShIDga qarshi kurashda yordam beradi. Bu haqda GFR mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen Bild nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, ayni paytda eng asosiy masala sifatida mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va samarador hukumat yaratish ko‘rilmoqda. Keyinchalik qonuniylik va tartibni ta'minlash shart.
Fon der Lyayyen xonim vaziyat xavfli bo‘lib borayotganini tan oldi. Undagi ma'lumotga ko‘ra, ayni paytda IShID Markaziy Afrikadagi “Boko Harom” guruhini o‘ziga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish