Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hillari Klinton: Putin bilan munosabatlarimiz murakkab bo‘lsada, o‘zaro hurmat asosiga qurilgan
AQShning sobiq bosh kotibi va mamlakat prezidentligi uchun nomzod sanalgan Hillari Klinton Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlari murakkab bo‘lsada, bir-biriga hurmat bilan qarashlarini ta'kidlab o‘tdi.
«U bilan munosabatimiz… Bu juda qiziqarli… O‘ylashimcha, bu hurmat. Ish bo‘yicha bir-birimizni tushunishimiz qiyin kechgan. Men uni ishga doir munosabatlarda doim o‘z fikrini himoya qilishi zarur deb hisoblashini bilaman», — deya tan olgan Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligi uchun nomzodini ko‘rsatgan Klinton.
Shuningdek, Klinton AQShning Yevropa mamlakatlari bilan hamjihatlikda ish ko‘rishi kerakligini ta'kidlagan. U Yevropa Ittifoqining Qrim va Donbassdagi voqealar sabab Rossiyaga qo‘llagan sanksiyalaridan mamnun bo‘lganini ta'kidlagan.
«Biz birgalikda harakat qilishimiz va Putinning yana bir marta Yevropa va yaqin Sharq hududlariga agressiv munosabatda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz zarur», — deya qo‘shimcha qilgan Klinton.
Ma'lumot uchun, Klinton Bosh kotib lavozimida 2009 yildan 2013 yilga qadar faoliyat olib borgan.