Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask Falcon 9 raketasi birinchi bosqichini uning qo‘nishidan keyingi suratini namoyish qildi
SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask o‘zining tvitterida Falcon 9 raketasi birinchi bosqichining Tinch okeanidagi suzib yuruvchi platformaga qo‘nishidan keyingi fotosuratini joylashtirdi.
“Har holda bu gal bo‘laklar (bosqichlar) kattaroq bo‘ldi! Men raketaning qo‘nishiga optimizm bilan qarayman”, deb yozdi Mask.
Avvalroq Falcon 9 raketa-tashuvchisining birinchi bosqichi Tinch okeanidagi platformaga “qattiq qo‘nishni” amalga oshirgani ma'lum qilingandi. Shu sababli undan takroran foydalanib bo‘lmasligi aytilmoqda.
Raketada bo‘lgan dunyo okeanini zondlash yo‘ldoshi Jason 3 Yer orbitasiga muvaffaqiyatli ravishda olib chiqilgan.