Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” stadioni o‘rnida “Universal” zamonaviy sport inshooti barpo etildi
Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” stadioni o‘rnida 2015 yilda “Universal” zamonaviy sport inshooti barpo etildi. O‘zA xabariga ko‘ra, bu inshoot u bilan viloyatda sport inshootlari soni qariyb 2 ming 800 ga yetdi.
11 ming 600 o‘rinli futbol maydonini o‘z ichiga olgan mazkur majmuaning ishga tushirilishi viloyatda sportni yanada rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi.
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining Jizzax viloyati filialidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 2003-2015 yillarda viloyatda jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 100 dan ziyod inshoot qurilgan va rekonstruksiya qilingan. Uning qariyb 90 foizi qishloq joylarda qad rostlagani yanada ahamiyatlidir.
– Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan zamonaviy sharoitlarda mahorat oshirayotgan jizzaxlik yosh sportchilar mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, – deydi viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi ommaviy sportni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Sahob Ibodov.
– 2015 yilda viloyat sportchilari 15 xalqaro, 55 respublika musobaqalarida ishtirok etdi. Bunda ular 89 oltin, 92 kumush va 109 bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ayni paytda viloyatda sport bilan muntazam shug‘ullanayotganlar 261 mingdan oshdi. Ularning 118 mingdan ortig‘i xotin-qizlardir.