Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-liganing 20-turida "Barselona" "Atletik" darvozasiga javobsiz 6ta gol yo‘lladi
Ispaniya chempionatining 20-turi doirasida qiziqarli va murosasiz kechishi kutilgan "Barselona" va "Atletik" jamoalari o‘rtasidagi taxminlarni oqlamadi.
Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq bilbaoliklar maydonda 10 kishi bo‘lib qolishdi. Suares himoyachini ortda qoldirib, darvozabonni aldab o‘tayotganida Iraysos urugvaylik hujumchini yiqitishga majbur bo‘ldi. O‘yin hakami Mateo Laos penalti belgilash bilan birga posbonga qizil kartochka ko‘rsatdi. Ana shu vaziyat o‘yindagi intrigani o‘ldirib qo‘ydi.
Lionel Messi penaltidan unumli foydalandi. Qolgan daqiqalar faqat bitta darvoza tomon o‘yin bo‘ldi. Tanaffusga qadar Suaresning uzatmasidan keyin Neymar yakkama-yakka vaziyatda hisobni 2:0ga yetkazdi.
Ikkinchi bo‘limda esa Luis Suares o‘z hisobiga 3ta gol yozib, to‘purarlar kurashida yana peshqadam bo‘lib oldi (18ta gol). Shuningdek, Rakitich ham maydonni golsiz tark etmadi. Yakuniy hisob — 6:0.
Endilikda "Barselona" hisobidagi ochkolar soni 45taga yetdi. Ikkinchi o‘rinda qolayotgan kataloniyaliklar turnir peshqadami "Atletiko"dan (47 ochko) bitta kam o‘yin o‘tkazishgan.
"Barselona" va "Atletik" jamoalari 20 va 27 yanvar kunlari Ispaniya kubogining chorak final bosqichi doirasida ikkita uchrashuv o‘tkazishadi.
Ispaniya chempionati, 20-tur
Barselona – Atletik 6:0 (2:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 7, penalti Messi, 2:0 – 31 Neymar, 3:0 – 47 Suares, 4:0 – 62 Rakitich, 5:0 – 68 Suares, 6:0 – 82 Suares.
Barselona – Bravo, Suares, Pike, Alba (Bartra, 69), Maskerano, Aleish Vidal, Rakitich (Serdji Roberto, 63), Buskets, Inesta, Neymar, Messi (Turan, 46).
Atletik – Iraysos, San Xose, Laport, Echeyta, De Markos, Muniain (Yago Errerin, 6), Benyat (Iturraspe, 63), Boveda, Eraso, Balensiaga, Inyaki Uilyams (Sabin Merino, 56).
Ogohlantirishlar: Maskerano (51), De Markos (69), Eraso (85), Pike (87).
Chetlatish: Iraysos (4).