Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Suares: Jamoadoshlarim bilan oxirgi o‘yinlarda gol ura olmaganim uchun rosa kulishganmiz
Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionatining «Atletik»ka qarshi uchrashuvida (6:0) qayd etgan xet-trekidan keyin o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Hujumda omadli va omadsiz seriyalar bo‘lib turadi. Oxirgi uchrashuvlarda men foydalana olmagan vaziyatlarda jamoa bilan rosa kulishganmiz. Sababi odatda bunday vaziyatlarda men doim gol urganman. Bugun vaziyatlarni qo‘ldan boy bermadim va xet-trikka erishdim, ammo eng asosiysi – bu g‘alaba.
O‘yinning boshidagi vaziyat («Atletik» darvozabonining chetlatilishi – Kun.Uz) keyingi harakatlarimizni oydinlashtirib berdi va o‘yin uslubini o‘zgartirishdi. Biz bunday ustunlikdan qanday foydalanishni yaxshi bilamiz.
Messi – dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Biz unga maydonda yordam berishni istaymiz.
Bizda ambitsiya yetarlicha. La Liga juda murakkab chempionat, hech kim shunchaki mag‘lub bo‘lishni istamaydi», – deya ta'kidlagan Suares.