Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Match!» xoldingi 25 yanvar kunidan futbol kanallari nomlarini o‘zgartiradi
Rossiyadagi «Match TV» telekanali tarkibidagi bir qancha kanallar yaqin vaqt ichida yopiladi va qayta nomlanadi. Shuningdek «Match TV» platformasida bir necha yangi kanallar ish boshlaydi. Bu haqda «Sovetskiy sport» nashrida xabar qilingan.
25 yanvar kunidan boshlab «NTV-Plyus» bilan birgalikda «Futbol 1», «Futbol 2», «Futbol 3» kanallari nomlari mos ravishda «Match! Futbol 1», «Match! Futbol 2» va «Match! Futbol 3» sifatida o‘zgatiriladi. «Boyets TV» esa «Match! Boyets» deya qayta nomlanadi.
Bundan tashqari «Sport» va «Sport 1» kanallari yopiladi. «NTV-Plyus Sport» va «Sport Plyus» kanallarida ham translyatsilar to‘xtatiladi.
Bularning o‘rniga «Match TV» boshqa yangi yo‘ldosh kanallari tashkil qiladi. «Match! Nash Sport» kanalida Rossiya sportiga oid musobaqalarni efirga uzatish rejalashtirilgan. «Match! Igra» basketbol, gandbol, voleybol kabi sport turlari bo‘yicha xalqaro turnirlarni translyatsiya qiladi. «Match! Arena» kanalida esa tennis, gimnastika, tog‘ chang‘isi, biatlon va shu kabi boshqa sport turlari bo‘yicha o‘yinlarni tomosha qilish mumkin bo‘ladi.