Texnologiya | 16:54 / 18.01.2016
8239
2 daqiqa o‘qiladi

Mehnat vazirligi o‘zining rasmiy telegram botini ishga tushirdi

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Axborot-kompyuter markazi tomonidan telegram ijtimoiy tarmog‘ida rasmiy bot (@mehnatbot) ishlab chiqildi.

Ushbu maxsus botda quyidagi funksiyalar mavjud:
- Eng kam oylik ish xaqi haqida ma'lumot olish;
- maosh hisoblagich;
- ariza blanklarini yuklab olish.

Eng kam oylik ish haqi haqida ma'lumotlar quyidagicha ko‘rsatiladi.

Hozirgi kundagi eng kam ish haqi:
1. Ish haqi - oyiga 130240co‘m.
2. Yoshga doir pentsiyalar - oyiga 254730 so‘m.
3. Bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 254730 so‘m
4. Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 156310 so‘m

Maosh hisoblagich funksiyasi yordamida razryadlarini kiritganda tarif koeffisenti va maoshini xisoblab beradi.
Razryad - 1
Koeffitsiyent tarif - 2.476
Sizni maoshingiz: 322474.24 co‘m

Ariza blanklarini yuklab olish funksiyasi orqali vazirlik tizimida ishlatiladigan ariza blanklarini yuklab olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kun.uz saytidagi eng sara yangilik va xabarlar telegramdagi rasmiy @Kunuzofficial kanali orqali berib borilmoqda.