Sport | 08:35 / 18.01.2016
3968
1 daqiqa o‘qiladi

Messi «Atletik»ka qarshi o‘yindan oldin muxlislarga beshinchi «Oltin to‘p»ini namoyish etdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Atletik»ka qarshi o‘yindan oldin (6:0) maydonga «Oltin to‘p» bilan chiqib keldi va «Kamp Nou»ga yig‘ilgan muxlislarga uni namoyish etdi.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli argentinalik futbolchi 11 yanvar kuni beshinchi marta «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritgandi. Ushbu sovringa Krishtianu Ronaldu va Neymar ham da'vogarlik qilgandi.