Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: «Sporting» bosh murabbiyi Jyezush «Zenit»ga kelishi mumkin
Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasi bosh murabbiyligiga Andre Villash-Boash o‘rniga boshqa bir portugaliyalik mutaxassis taklif qilinishi mumkin.
«Sovetskiy sport» nashri «Sporting» jamoasini boshqarib turgan Jorjye Jyezush piterliklarning yangi murabbiyiga aylanishi mumkinligi haqida yozgan.
Villash-Boash mavsum yakunlangach, jamoadan ketishi haqida e'lon qilgan
Manbaning yozishicha, Jyezushning hozirgi jamosi bilan shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan. Lekin unda shartnoma bir tomonlama buzilishi evaziga klubga tovon puli to‘lanishi haqida band yo‘q.
Ayni vaqtda «Sporting» Portugaliya chempionatida yetakchilik qilmoqda. «Zenit» esa RFPLning birinchi davrasidan keyin oltinchi o‘rinda joylashgan.