Jamiyat | 11:10 / 18.01.2016
3351
1 daqiqa o‘qiladi

Oxfam: dunyo aholisining yarmi besh yil ichida 1 trillion dollarga qashshoqlashdi

Sayyoramizda istiqomat qilayotgan 3,6 milliarddan ziyodroq kishi – dunyo aholisining yarmi 2010 yildan buyon bir trillion dollardan ziyodroq mablag‘ini yo‘qotdi. Bu haqda kambag‘allikka qarshi kurashuvchi Oxfam notijorat kompaniyasi ma'lum qildi.

O‘z navbatida, jahondagi eng badavlat 62 kishining boyligi esa bu davr ichida 1,76 trillion dollarga ko‘paygan. Besh yil muqaddam Yerning yarim aholisining boyligiga teng mablag‘ni 388 nafar badavlat inson boshqargan.

Kambag‘allar va boylar o‘rtasidagi bu qadar katta tafovutga o‘ziga to‘q insonlar uchun joriy etilayotgan soliq imtiyozlari, eng ko‘p va eng kam maosh farqining oshgani va ishchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash miqdorining pasaygani sabab qilib ko‘rsatilgan.