Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delagatsiyasi Dohadan Toshkentga qaytishi bilan Mirabror Usmonov favqulodda majlis o‘tkazadi
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Qatarda qoniqarsiz ishtirok etib, Olimpiadaga yo‘llanma olish vazifasi bajara olmadi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov terma jamoa delegatsiyasining Toshkentga qaytib kelishi bilan majlis o‘tkazadi, deb yozmoqda UFF.uz.
O‘FF prezidentiga yaqin bo‘lgan norasmiy manbalarda olingan xabarlarga qaraganda, Samvel Babayan olimpiya terma jamoasi murabbiyligidan ozod etiladi.
Bundan tashqari, majlisda Terma jamoalar Markazining ishi ham muhokama qilinadi. Katta ehtimol bilan Asqar Tolibjonov ham ishidan olinishi kutilmoqda.
Hatto, terma jamoaning tibbiy xodimlaridan tortib, ma'murlarigacha kamida "xayfsan" berilishi ko‘zda tutilgan.