Texnologiya | 21:34 / 18.01.2016
3826
1 daqiqa o‘qiladi

Philips modaga monand yurishni yoqtiruvchi ayollar uchun akkumulyator yaratdi

Philips kompaniyasi atir idishini eslatuvchi portativ akkumulyatorni namoyish qildi. Power Potion 3000 deb nomlangan bu qurilma “ayfonlar” va boshqa mobil qurilmalarni quvvatlash uchun Lightning va USB raz'yomlari bilan jihozlangan.

Kompaniyaning ta'kidlashicha, 3 000 mA-soat sig‘imga ega akkumulyatorning quvvati ko‘pchilik smartfonlarni to‘liq quvvatlash uchun yetishi kerak. Qurilmaning korpusidagi yorug‘lik-diodli indikator unda qancha quvvat qolganidan darak berib turadi.

Quvvatlash uchun raz'yomlar qurilmaning yuqorisida (Lightning) va pastida (USB) joylashgan. Qurilmaning dizaynini kompaniyaning katta dizayneri Yekaterina Vong yaratdi.

Hozircha akkumulyator kontseptgina bo‘lib, kompaniya uni seriyali tarzda ishlab chiqarishi noma'lumligicha qolmoqda.