Sport | 22:12 / 18.01.2016
4463
1 daqiqa o‘qiladi

Raul: «Real» va «Barselona» bir-biri uchun kerak

«Real» jamoasining afsonaviy hujumchisi Raul Gonsales Ispaniyaning boshqa bir jamoasi «Barselona»ning o‘tgan mavsumda YeChL g‘olibi bo‘lganidan quvonganini eslab o‘tdi. U hech qachon xalqaro maydonlarda bu jamoaga mag‘lubiyat tilamaganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

«Men «Barselona»ning YeChL finalidagi g‘alabasidan xursand bo‘lganimni yashirib o‘tirmayman. «Real» va «Barselona» jamoalarining raqobati ikki jamoa rivoji uchun xizmat qiladi. «Real» «Barselona»siz, «Barselona» «Real»siz yashay olmaydi. Bu jamoalar bir-biriga kerak. Aynan shuning uchun ham men «Barselona»ning muvaffaqiyatsizlikka uchrashini istamayman», deydi Raul Vanity Fair nashriga bergan intervyusida.