Jahon | 22:10 / 18.01.2016
3013
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Qatar Suriya bo‘yicha muzokaralar yaqin orada boshlanishiga umid qilmoqda

Rossiya va Qatar Suriya bo‘yicha muzokaralar yanvarda boshlanishiga umid qilmoqda, deb xabar bermoqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Biz davlatlar yetakchilari darajasida Vena guruhi tomonidan erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlashimizni tasdiqladik. Ushbu kelishuvlar BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan va Suriya xalqi o‘z taqdirini o‘zi erkin belgilashi uchun barcha sharoitlarni ta'minlash zarurligini ko‘zda tutadi. Qatar ham, Rossiya ham mavjud kelishuvlar, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga mufoviq, Suriya hukumati va muxolifati bilan muzokaralar tez fursatlarda, ya'ni yanvarda boshlanishiga umid qilmoqda”, deb aytdi Lavrov.

Avvalroq Qatar amiri Tamim al-Toniy Rossiya dunyoda barqarorlikka erishishda asosiy rol o‘ynashini aytgandi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Qatar Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilish uchun Moskva bilan munosabatlarni rivojlantirishni istayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish