O‘zbekiston | 17:32 / 18.01.2016
4754
1 daqiqa o‘qiladi

Sakkiz nafar va undan ortiq bolalarni avtobusda tashish bolalarni tashkiliy tashish ekanligi belgilandi

2016 yilning 1 martida kuchga kiradigan yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, endilikda sakkiz nafar va undan ortiq bolalarni avtobusda tashish (yo‘nalishli transport vositalari bundan mustasno) bolalarni tashkiliy tashish ekanligi belgilab berildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB boshlig‘i, polkovnik Xolmatjon Saydaliyev Ichki ishlar vazirligi saytiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Ma'lumki, transport vositalarida tashilayotgan yo‘lovchilar, ayniqsa, bolalar xavfsizligini ta'minlash nihoyatda mas'uliyatli masala. Shu sababdan Yo‘l harakati qoidalariga «Bolalar guruhini tashkiliy tashish» atamasi kiritildi, - dedi X.Saydaliyev.

- O‘ylaymizki, ushbu tushunchaning kiritilishi bolalarni tashish ishlarini tashkillashtirayotgan maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari, kollejlar, litseylar, mehribonlik uylari rahbarlari oldiga, shuningdek, bizning xizmat vakillari zimmasiga ham katta mas'uliyat yuklaydi.