Jahon | 17:23 / 18.01.2016
4719
2 daqiqa o‘qiladi

Suriya hududidan otilgan snaryad Turkiyadagi maktab yaqinida portladi va 2 kishi halok bo‘ldi

Suriya hududidan Turkiya janubidagi Kilis viloyatiga qarata otilgan snaryadning portlashi natijasida, ikki kishi olamdan o‘tdi va to‘rt kishi jarohatlandi. Bu haqda Haberturk xabar bergan.

Xabar qilinishicha, jami ikkita snaryad portlagan. Ulardan biri, mashg‘ulot o‘tkazilayotgan maktab hovlisiga kelib tushgan.

"Bugun ertalab ikkita snaryad portladi — ulardan biri maktab hovlisiga, ikkinchisi sal naridagi keng maydonga kelib tushgan. Snaryadlar soni undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Ular Suriyadan otilgan, deb taxmin qilinmoqda. To‘rt kishi jarohatlangan. Jabrlanuvchilar mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Snaryad tushgan maktabda evakuatsiya ishlari amalga oshirildi. Tumandagi boshqa maktablarda ham shunday ishlar amalga oshirilmoqda", — dedi shahar meri NTV telekanali efirida.

Mer Turkiya OAVlarida yozilgani kabi, portlash natijasida ikki kishi halok bo‘lgani to‘g‘risidagi ma'lumotni tasdiqlamadi. U hozirda xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilayotgani haqida aytib, mahalliy aholidan vahimaga tushmaslikni so‘radi.

Hodisa ro‘y bergan joyga ko‘plab tez tibbiy yordam mashinalari va politsiyachilar yetib kelishgan. Tergov ishlari boshlab yuborilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish