Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:20 / 18.01.2016
3652
1 daqiqa o‘qiladi
Turkish Airlines aviakompaniyasi kuchli qor yog‘ishi tufayli 246 ta reysni bekor qildi
Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi kuchli qor yog‘ishi tufayli Istanbul aeroportidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 246 ta ichki va xalqaro reysning bekor qilinganini e'lon qildi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.
Xususan, London, Berlin, Rim, Praga, Vena va boshqa bir qator davlatlarga reyslar bekor qilindi.
Reyslar haqida ma'lumotlar olish uchun yo‘lovchilarga aviakompaniya saytiga kirish yoki koll-sentriga qo‘ng‘iroq qilish taklif qilinmoqda.