Sport | 08:29 / 18.01.2016
2035
2 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» A seriyada qatorasiga 10ta o‘yinda g‘alaba qayd etib, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi

A seriyada 17 yanvar kuni 20 tur uchrashuvlari davom ettirildi.

Turinning "Yuventus" jamoasi "Udineze" maydoniga safar qildi va 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

O‘yinda argentinalik yosh hujumchi Paolo Dibala 2ta gol urib, Sami Xedira va Aleks Sandroga 2 marta golli pas yetkazib berdi.

Bu g‘alaba "ko‘hna sinoralar"ning A seriyadagi qatorasiga o‘ninchi o‘yindagi g‘alabasi bo‘ldi.

"Yuventus" oxirgi marta 2015 yilning 28 oktabrida mag‘lub bo‘lgandi. O‘shanda Massimilliano Allegri shogirdlari "Sassuolo"ga 0:1 hisobida yutqazgandi.

Shundan keyin jamoa quyidagi jamoalarni yengdi: «Torino» (2:1), «Empoli» (3:1), «Milan» (1:0), «Palermo» (3:0), «Latsio» (2:0), «Fiorentina» (3:1), «Karpi» (3:2), «Verona» (3:0), «Sampdoriya» (2:1) va «Udineze» (4:0).

Udineze – Yuventus 0:4

Gollar: 0:1 – 15 Dibala, 0:2 – 18 Xedira, 0:3 – 26, penalti Dibala, 0:4 – 42 Aleks Sandro.

Udineze – Karnezis, Larangeyra, Felipe, Vidmer, Vage (Erto, 55), Agemang-Badu, Edenilson, Iturra, Lodi, Tereo (Fernandesh, 70), Di Natale (Sapata, 60).

Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Kellini (Kaseres, 58), Aleks Sandro, Rugani, Asamoa, Xedira, Markizio, Lixtshtayner (Padoin, 80), Dibala (Morata, 66), Manjukich.

Ogohlantirishlar: Kellini (11), Agemang-Badu (13).

Chetlatish: Larangeyra (25).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish