Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh oliy sudi Obamaning 5 mln muhojirni qonuniylashtirish bo‘yicha rejasini ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi
AQSh oliy sudi AQSh prezidenti Barak Obamaning 5 mln muhojirni qonuniylashtirish bo‘yicha rejasini ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
2015 yil noyabrda Yangi Orlean apellyatsiya sudi Obamaning immigratsiya rejasini rad etdi. Ma'lum qilinishicha, Beshinchi okrug sudi apellyatsiya sudi federal hakamning Obama ma'muriyatining immigratsiya rejasini to‘suvchi taqiqlovini o‘z kuchida qoldirdi.
2014 yil noyabrda Obama “deyarli 5 mln hujjati bo‘lmagan muhojirga” deportatsiya qilinishdan qochishga imkon beradigan buyruqni chop etgan. Gap AQShda 5 yildan ko‘proq yashovchi va AQSh fuqarolari yoki mamlakatda doimiy yashashga ruxsatga ega shaxslarning ota-onasi hisoblanadigan muhojirlar haqida ketmoqda.