Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aston Martin’ning yangi superkari suratlari chop etildi
Evo britan jurnali Aston Martin’ning yangi superkari – DB11’ning sinov prototipi suratlarini chop etdi. Avtomobilning umumiy foydalanish yo‘llaridagi to‘liq niqoblangan ko‘rinishi suratga olindi, biroq shunga qaramay suratlarda yangi model dizaynining ba'zi elementlarini ko‘rish mumkin. Misol uchun, avtomobilning havo to‘plagichlari yon oynalar ortida joylashgani va bosh yorug‘lik faralari shaklini ko‘rish mumkin.
Yangi avtomobil 5,2 litrli 12 silindrli, ikki turbinali dvigatel bilan jihozlanadi. Bu dvigatelning quvvati 600 ot kuchini tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.
Yangi “Aston”ning motorlar qatoriga Mercedes-AMG GT avtomobilining 8 yoki 4 litrli dvigateli kirishi mumkin.

DB11 modeli DB9 kupesining vorisi bo‘ladi. Yangi model mart oyida Jyeneva motorshousida namoyish qilinadi.
Aston Martin’ning oxirgi modeli josus Jyeyms Bond haqidagi yangi “Spektr” filmi uchun maxsus yaratilgan DB10 sportkari hisoblanadi. Hammasi bo‘lib bunday mashinadan 10 dona yaratilgan, uning bir donasi narxi 1,5 mln dollar turadi.
