Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Australian Open. Istomin dunyoning 17-raketkasiga yutqazdi
Melburn shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yilning to‘rtta nufuzli turniridan dastlabkisi bo‘lgan Avstraliya Ochiq chempionatining asosiy to‘r bahslari davom etmoqda. Turnirga O‘zbekistondan yagona vakil sifatida Denis Istomin bordi.
Olamsport.com nashri xabariga ko‘ra, Istomin bugun birinchi davrada kuchli raqibga qarshi kortga chiqdi va mag‘lubiyatga uchradi. O‘zbekistonning birinchi raketkasi mezbon tennischi Bernard Tomich bilan to‘qnash keldi.

Taqqoslash uchun, avstraliyalik bu tennischi dunyo reytingida 17-o‘rinni egallagan holda musobaqada 13-raqam ostida tasniflangan. Istomin esa dunyo reytingida 59-pog‘onada qayd etilgan. Birinchi setni tay-brekda o‘z foydasiga hal qilgan Istomin keyingi uchta setni bir xil 4:6 hisoblarida raqibiga boy berdi.