Jahon | 08:11 / 19.01.2016
2416
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Suriyaga aeroport hududidagi janglar tufayli gumanitar yordamni yetkaza olmadi

BMT Suriyaning Daur-az-Zaur shahriga bu shahar aeroporti hududida qattiq janglar ketayotgani tufayli samolyotlarda gumanitar yordamni yetkaza olmadi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu haqda matbuot-anjumanda BMT bosh kotibi o‘rinbosari Farxon Haq ma'lum qildi.Uning aytishicha, BMT jangarilar tomonidan qamal qilingan shahardagi vaziyatdan jiddiy xavotirlanmoqda.

“200 mingga yaqin odam, asosan ayollar va bolalar Daur-az-Zaur shahrining qamal qilingan g‘arbiy qismidagi sharoitlarning yomonlashayotganidan aziyat chekmoqda.

Aholiga zudlik bilan gumanitar yordam, jumladan oziq-ovqat va dori-darmon zarur. Odamlarning haddan ziyod oriqlab, ochlikdan o‘layotgani haqida ma'lumotlar kelib tushmoqda”, deb aytmoqda Haq.

Haqning ta'kidlashicha, shaharda non tarqatilmoqda, biroq uning zaxiralari ham yakunlanmoqda.15 yanvarda Rossiya mudofaa vazirligi shahar hududiga gumanitar yuk tashlanganini ma'lum qilgandi. BMTda bu usul yetarlicha samarali emasligi va undan juda kam holatlarda foydalanishlari aytildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish