Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniyada korrupsiya: Politsiya boshlig‘i davlat mablag‘i hisobidan 140 yevroni etik sotib olishga ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda
Estoniya politsiya va chegara qo‘shinlari departamenti rahbari Elmar Vaxer davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi hujjatlariga ko‘ra, Vaxer taxminan 400 yevro mablag‘ni etik va quloqchin sotib olish uchun ishlatib yuborgan, deya xabar beradi DELFI nashri.
Unga ko‘ra, Elmar Vaxer departamentga tegishli kartochkadan Tallin aeroportida 299 yevro turuvchi quloqchin va 139,41 yevro qiymatidagi oyoq kiyimni sotib olgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu xarajatni tasdiqlashi kerak bo‘lgan boshqa bir politsiya xodimi o‘tgan yilning dekabr oyi boshida to‘satdan ishdan bo‘shatilgan. Shuningdek, mazkur xarid bo‘yicha davlat xaridlari shaklida hech qanday qaydnoma ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.