Sport | 20:37 / 19.01.2016
2858
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA Blatterga fevral oyi oxirigacha maosh to‘laydi

FIFA tartib-intizom qo‘mitasi surishtiruv palatasining matbuot-kotibi Andreas Bantel amaldagi prezident hisoblanadigan, lekin futbol faoliyatidan chetlatilgan Yozef Blatterga maosh to‘lanishi davom etayotganini tasdiqladi.

Tashkilotga yangi prezident tayinlangunicha, 26 fevralgacha Blatterning nomi FIFA prezidenti sifatida saqlab qolinadi.

Uning maoshi miqdoriga aniqlik kiritilmagan.

2015 yilning sentabr oyi oxirida Shveytsariya prokuraturasi Blatterni Platiniga hech qanday rasmiy hujjutlarsiz 2 mln frank miqdoridagi mablag‘ni bergani bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlagandi. Bu mablag‘ Platiniga 2011 yilda o‘tkazilgan. Platini bu pullar o‘ziga 1999 yildan 2002 yilgacha FIFAdagi faoliyati uchun maosh sifatida to‘langanini aytgan bo‘lsada, buni isbotlab bera olmadi.

Qayd etish kerakki, bu ikki amaldorga korrupsiya aybi qo‘yilmadi va ular qamoqdan qutilib qolishdi. Ular 8 yildan futbolga chetlatilishgan.