Sport | 21:13 / 19.01.2016
3408
2 daqiqa o‘qiladi

Futzal: O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi 22-24 yavnar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘zining navbatdagi yig‘inini o‘tkazadi.

Xose Mariya Mendes bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi mazkur yig‘in davomida 22 hamda 23 yanvar kunlari mezbon – Qozog‘iston futzal terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Terma jamoa delegatsiyasi 21 yanvar kuni Olmaota shahriga jo‘nab ketadi va 24 yanvar kuni Toshkentga qaytadi. Mazkur yig‘in davomida terma jamoa murabbiylar shtabi Osiyo chempionati oldidan o‘yinchilarning funksional tayyorgarligini ko‘zdan kechirishni va terma jamoa tarkibining asosini tashkil qiluvchi o‘yinchilarning holatini tekshirishni maqsad qilgan.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shundan so‘ng tayyogarlikni Toshkentda davom ettiradi va reja bo‘yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘radi.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Olmaota shahridagi yig‘inida ishtirok etadigan tarkibi:

Darvozabonlar:

Rustam Umarov

Akmal Hazratqulov

Klim Tyugayev

O‘yinchilar:

Nodir Eliboyev

Javlon Anorov

Artur Yunusov

Farhod Abdumavlonov

Dilshod Rahmatov

Feruz Fahriddinov

Dilshod Irsaliyev

Andrey Shlema

Davron Choriyev

Jamoliddin Sharipov