Jahon | 18:18 / 19.01.2016
6353
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston bosh vaziriga mol go‘shtiga qo‘yilgan taqiq tufayli IShID tomonidan tahdid qilindi

Hindistonning Goa shtati politsiyachilari mamlakat bosh vaziri Narendra Modiga IShID jangarilari tomonidan tahdid solingan maktubni o‘rganishmoqda. Bu haqda The Express Tribune xabar bergan.

"Maktub so‘ngida IShID so‘zi bitilgan. Bunday xatlar Goa shtatidagi barcha politsiya uchastkalariga yo‘llangan. Biz bu maktublarni jo‘natgan shaxsni tez vaqt ichida topamiz", deydi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan biri.

Bu xatda mamlakat bosh vaziri va mudofaa vaziri nomiga tahdid qilingan. Maktub mualliflari mamlakatda mol go‘shti iste'moliga ruxsat berilishini talab qilishgan.