Jamiyat | 12:33 / 19.01.2016
5343
1 daqiqa o‘qiladi

JAR prezidenti Afrikani dunyoning eng yirik qit'asi deb atab xato qilgani uchun uzr so‘radi

Janubiy Afrika respublikasi prezidenti Jyeykob Zuma o‘zining georgrafik bilimsizlikka yo‘l qo‘ygani munosabati bilan rasman uzr so‘radi.

2015 yilning 9 dekabrida tadbirkorlar bilan uchrashuvi vaqtida u "Afrika shunchalik kattaki, barcha qit'alarni Afrikaga joylashtirish mumkin", deb yuborgandi.

"Aslida Afrika dunyoda aholi soni va hududi kattaligi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi materik hisoblanadi. Eng yirik qit'a esa Osiyodir", deyiladi Zumaning ma'muriyati bayonotida.

Qayd etilishicha, prezident maktabda o‘qimagan. Uning bu jiddiy xatosi uning maktab ta'limini olmagan holda shunday mas'uliyatli lavozimda ekaniga turli norozi fikrlar bildirilishiga sabab bo‘lmoqda.

Ma'lumot uchun, Afrika aholisi soni bo‘yicha ham, hududi bo‘yicha ham Osiyodan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi qit'a hisoblanadi.