Texnologiya | 09:57 / 19.01.2016
4253
1 daqiqa o‘qiladi

Koenigsegg Agera RS superkarlari rekord darajadagi muddatda sotildi

2015 yilning martida Jyeneva avtosalonida namoyishga qo‘yilgan Koenigsegg Agera RS superkari shved markasi tarixida eng tez sotilgan model bo‘ldi. 10 oy davomida jami bo‘lib 25ta kupe o‘z xaridorini topdi. Bu haqda Autocar nashri xabar bermoqda.

Aniq bahosi e'lon qilinmagan superkarga AQSh, Kanada, Britaniya, Yaponiya, Xitoy, Tayvan, Singapur, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAdagi mijozlardan buyurtmalar kelib tushdi.

Koenigsegg Agera RS besh litrli, ikki turbinaga ega V8 motor bilan ta'minlangan bo‘lib, uning quvvati 1160 ot kuchiga teng. Kupe 2,9 soniyada 96 kilometr/soat tezlikka chiqa oladi.Ma'lumotlarga ko‘ra, superkar 2017 yilga ishlab chiqariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish