Sport | 18:52 / 19.01.2016
3421
1 daqiqa o‘qiladi

Luis Enrike: Messi jarohatlanmagan, lekin "Atletik"ka qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi mumkin

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Messi va Neymarga munoasabati to‘g‘risidagi savollarga javob qaytardi.

"Men futbolchilarning sog‘lig‘ini birinchi o‘ringa qo‘yaman. Messida jarohat qayd etilmadi, lekin tavakkal qilishni istamayman. U "Atletik"ka qarshi o‘yinda tushish-tushmasligi bo‘yicha bir qarorga kelamiz.

O‘tgan safargi mashg‘ulotni Neymar o‘tkazib yubordi. Lekin u bilan hammasi joyida. Ba'zida shunday holatlar bo‘ladiki, futbolchi o‘yinda kichik shikastlanishlarga uchraydi. Shuning uchun, u biroz muddat maydonda emas, zalda shug‘ullandi", deydi murabbiy Marca nashriga.

Ispaniya Kubogi doirasida "Barselona" va "Atletik" chorak-final bosqichida o‘zaro o‘ynaydi. Birinchi o‘yin 20 yanvar kuniga belgilangan.