Texnologiya | 09:46 / 19.01.2016
2256
3 daqiqa o‘qiladi

McLaren kompaniyasi treklar bo‘ylab mustaqil yura oladigan superkarlar yaratmoqchi

McLaren kompaniyasi avtonom boshqaruv funksiyalariga ega, poyga treklari bo‘ylab mustaqil harakatlana oladigan avtomobillarni yaratishi mumkin. Bu haqda Blackbird Automotive nashriga intervyuda britan markasining shef-dizayneri Frenk Stivenson ma'lum qildi.

2014 yilda Audi kompaniyasining RS7 modeli negizida qurilgan avtonom boshqaruvga ega prototip “Xokkenxaymring” avtodromini mustaqil ravishda 2 daqiqa 10 soniyada o‘ta olgan. “Dunyodagi eng tezkor haydovchisiz mashina” deb atalgan bu mashinaning maksimal tezligi soatiga 240 km ni tashkil qilgan.

“Ehtimol kelajakda McLaren’da sizni poyga trassasida sayr qildiruvchi avtomobillar paydo bo‘lishi mumkin. Misol uchun, ular uchta: “sekin”, “o‘rta” va “juda tez” tezlik rejimiga ega bo‘lishlari mumkin”, deb aytdi Stivenson.

Stivensonning fikricha, bunday tizim o‘zida nafaqat ko‘ngilochar funksiyani namoyon qilgan bo‘lardi, balki haydovchiga trekni maksimal tez o‘tish uchun eng oqilona tarektoriya va tezlanishni ko‘rsatgan holda uni to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatishi mumkin bo‘lardi.

Stivenson, shuningdek, kelgusida vodorodda ishlovchi dvigatellardan foydalanish qazilma yonilg‘ilardan energiyaning boshqa manbalariga o‘tishda bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lishi mumkinligini aytdi va avtomobillarda yadroviy energiyaning ishlatilishi imkoniyatini “o‘rganish uchun loyiq” deb taxmin qildi.

“Agar biz biroz tavakkalchiroq bo‘lganimizda va nostandart fikrlaganimizda, yadroviy avtomobillarni ishlab chiqilishini ko‘rib chiqardik. Ha, ular biroz xavfliroq bo‘lardi, biroq boshqa tomondan biz bunday texnologiyalardan suv osti kemalarida foydalanmoqdamiz-ku”, deb ta'kidlamoqda Stivenson.

Avvalroq McLaren’ning “Formula-1” jamoasi kelajak poyga bolidi qanday bo‘lishini ko‘rsatishga chaqirilgan MP4-X kontseptini ishlab chiqdi. Prototip havoni plazmaga aylantiruvchi aksqanotlar, to‘ldirilgan reallik kokpiti (haydovchi o‘tiradigan joy), miya impulslarini boshqarish tizimini oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish