Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel bloki reytingi rekord darajadagi minimumga tushib ketdi
Germaniya kansleri Angela Merkelning konservativ bloki reytingi rekord darajadagi minimumga tushib ketdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bild nashri mutolaachilar orasida o‘tkazgan so‘rovlar ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniya konservativ partiyalari blokini qo‘llab-quvvatlash darajasi 32,5 foizni tashkil qildi, bu esa 2013 yildagi saylovlardan beri eng past ko‘rsatkich bo‘ldi, o‘shanda koalitsiya 33,8 foizni yig‘a olgandi.
ARD telekompaniyasi so‘rovlariga ko‘ra, 2015 yil sentabrida Merkelning reytingi avgustdagi reytingiga nisbatan 4 foizga pasaygandi. Bu 2012 yil dekabridan beri Merkelni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng past ko‘rsatkich bo‘lgan.