Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: "Milan"ning sobiq futbolchisi Yaffa o‘z yoshini 9 yilga "surdirgan"
"Milan" klubining sobiq futbolchisi Yusuf Yaffa o‘z yoshni 9 yilga pasaytirib ko‘rsatganligi gumon qilinmoqda. Bu haqda Mirror nashri xabar bergan.
U ayni paytda "Duysburg"ning o‘rinbosarlari tarkibida to‘p surmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, u Italiyaga kelganida 1996 yilning 31 dekabrida tug‘ilgani to‘g‘risidagi hujjatni (soxta pasport) taqdim etgan. Aslida esa u 1987 yilning 14 noyabrida tug‘ilgan. Yaffa feysbukdagi sahifasida ham 1987 yilning 14 noyabri sanasini ko‘rsatgan.
"2013 yilda gambiyalik Yaffa "Milan" bilan shartnoma imzolagan va "rossoneri"ning o‘rinbosarlar tarkibiga to‘p surishni boshlagandi. O‘sha paytda yigitcha o‘zini 16 yosh qilib tanitgandi", deyiladi xabarda.
Haqiqatni uning Gambiyadagi 28 yoshli sinfdoshlari "sotib" qo‘yishgan.
Endilikda, ushbu futbolchi sud oldida javob beradi. Sudga 2013 yilda "Milan" o‘rinbosarlari murabbiyi sifatida ishlagan Filippo Inzagi ham chiqirilgan.
Sud 21 aprel kuni o‘tkaziladi.
Bundan oldinroq, Nigeriya termasi a'zosi Taribo Uesta yoshini 12 yilga surdirgani aytilgandi. Lekin uning aybi isbotlanmagan.