O‘zbekiston | 21:33 / 19.01.2016
6654
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kimyo sanoati 2015 yilda 4,7 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi

2015 yilning 12 oyida O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalari tomonidan 4686,7 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan nisbatan 7,5 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar bergan.

Hududlar kesimida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining katta qismi Toshkent shahriga (tarmoqning jami hajmidagi ulushi 30,0 foiz), shuningdek Toshkent (22,9 foiz), Navoiy (13,8 foiz) va Farg‘ona (13,7 foiz) viloyatlari korxonalariga to‘g‘ri keladi.

Kichik tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 14,6 foizga o‘sdi va ularning kimyo tarmog‘idagi ulushi 48,2 foizga yetdi.

Hozirgi paytda O‘zbekistonda 2734ta kimyo sanoati korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 371tasi hisobot davrida yangi tashkil kilingan korxonalar hisoblanadi.