Jahon | 00:24 / 19.01.2016
2959
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston mahalliy versiyalarda kontent o‘chirilgandan keyin YouTube‘ni blokdan chiqaradi

Pokistonda YouTube videoportali yaqin kunlarda Google kompaniyasi portalning mahalliy versiyasini ishga tushirgandan va Pokiston hukumati talablariga muvofiq holda kontentni to‘sish qoidalari chiqarilishi bilan bog‘liq holda blokdan chiqarilishi mumkin, deb xabar bermoqda The Express Tribune nashri.

Videoportal Pokistonda Google kompaniyasining hukumat talabi bilan kontentni o‘chirishdan bosh tortganidan keyin 4 yil davomida to‘sib qo‘yilgandi. Ayni paytda kompaniyaning fikri o‘zgargan. Google tegishli tillarga tarjima qilingan va mahalliy qonunchilik talablari hisobga olingan holda to‘g‘rilangan, videoroliklarni joylashtirish qoidalarini o‘z ichiga oluvchi Nepal, Pokiston va Shri-Lanka uchun portalning milliy sahifalarining ishga tushirilishini e'lon qildi.

“Biz roliklar chop etilishining aniq qoidalarini chiqardik, agar roliklar bu qoidalarni buzsa, biz uni o‘chiramiz. Qo‘shimcha ravishda agar video ushbu davlatda noqonuniy bo‘lsa, biz tekshiruvdan keyin unga kirishni cheklashimizdan ogohlantiruvchi YouTube’ning mahalliy sahifalarini ishga tushirdik. Hukumatlarning kontentni o‘chirish talablari kelgusida ham kuzatib boriladi va faoliyatning oydinligi bo‘yicha hisobotimizga kiritiladi”, deb aytdi kompaniyaning tashqi aloqalar bo‘yicha menejyeri.