Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Renault dvigatellardagi kamchiliklar tufayli 15 mingta avtomobilini chaqirib oladi
Fransiyaning avtomobil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Renault («Reno») avtokonserni dvigatellardagi ishlab chiqarish standartiga mos bo‘lmagan kamchiliklar kuzatilgani bois 15 000 dona avtomobillarini qaytarib oladi. Bu haqda Fransiya energetika vaziri Segolen Ruayal RTL radiosiga bergan intervyusi ma'lum qildi, deb yozadi «Reyter».
Ruayal bu kabi muammoga uchragan firmalar faqatgina Renault emasligini ta'kidlagan. Biroq aynan qaysi avtomobil ishlab chiqaruvchilar ekaniga oydinlik kiritmagan.
Bu paytda kompaniyaning raqobatbardoshlik masalalari bo‘yicha ijrochi direktori Terri Bollor mart oyidan boshlab dizel yoqilg‘isiga ishlaydigan yangi markalar emissiyalari uchun azod oksidi (NOx) kamaytirilishini ma'lum qilgan.