Samsung’da smartfonlar uchun S Pen perosiga ega g‘ilof yaratildi
Samsung kompaniyasi istalgan smartfon, fablet va planshetga S Pen perosi – stilus bilan ishlash imkoniyatini beruvchi aksessuarni patentlashtirdi.
Samsung’ning yangi ishlanmasi o‘zidan mobil qurilma uchun o‘ziga xos g‘ilofni aks ettiradi. Unda stilusni joylashtirish uchun maxsus slot ko‘zda tutilgan.
G‘ilofni mobil qurilmaga mahkamlab, foydalanuvchi pero yordamida qo‘lda turli yozuvlar yozishi, rasmlari chizishi, hujjatlarda izohlar qoldirishi mumkin.
Afsuski, bunda peroning bosilish kuchi, uning harakatlanish tezligi, egilish va aylanish burchagi anglash-anglanmasligi noaniq qolmoqda.
Agar Samsung barcha bu imkoniyatlarni yangi aksessuar yordamida amalga oshira olsa, unda Galaxy Note gadjyetlari imkoniyatlarini Galaxy seriyasidagi istalgan qurilmada amalga oshirish g‘ilofni sotib olish bilangina hal qilinadi.Qurilmaning sotuvga chiqarilishi haqida hozircha hech qanday ma'lumot berilmagan.