Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TEPSCO To‘raqo‘rg‘on IESining qurilishida yordam beradi
Yaponiyaning Tokyo Electric Power Services Co. (TEPSCO) korporatsiyasi “O‘zbekenergo” bilan Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasining qurilishida konsalting xizmatlarini ko‘rsatish borasida shartnoma imzoladi.
Aytilishicha, konsalting xizmatlari texnologik, moliyaviy va ishlab chiqarish nuqtai nazaridan loyihalashtirish va realizatsiya bosqichlarini monitoring qilishni o‘z ichiga oladi. 2013 yil avgustida “O‘zbekenergo” 900 MVt quvvatga ega To‘raqo‘rg‘on IESining qurilishini boshlab yuborgan edi. Loyiha yiliga 7 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqaruvchi stansiyaning qurilishini ko‘zda tutadi.