Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya 40 yillik tanaffusdan keyin AQShdan yana neft sotib olishni boshladi
Yaponiya qariyb 40 yillik tanaffusdan so‘ng, 2015 yil dekabrida AQShda xorijga neft eksport qilishga taqiqlov bekor qilingandan keyin AQShdan yana neft sotib olishni boshladi.
Texas nefti, shu jumladan slanetsli neftning 300 ming barrelga yaqin birinchi partiyasi Yaponiyaning yirik neft sotuvchi kompaniyasi Cosmo Energy Holdings tomonidan sotib olindi, db xabar bermoqda Tokio OAVlari. Bu neftning katta qismidan benzin olinadi.
AQSh 1970-yillardan energetik xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z neftini eksport qilishdan bosh tortgan.Biroq ushbu taqiqlov AQSh ichida neft ishlab chiqarish hajmi keskin o‘sgani sababli ushbu sohada faoliyat yurituvchi kompaniyalar bosimi ostida bekor qilindi.
Yaponiya 2015 yilning dekabridayoq AQSh nefti importini ko‘paytirish va Yaqin Sharqdan katta darajada bog‘liqlikni kamaytirish istagida ekanligini bildirgandi.
Hozirda Yaponiyaga Saudiya Arabistoni eng ko‘p miqdorda, ya'ni Yaponiya tomonidan sotib olinadigan 34 foiz neftni yetkazib beradi. Yaponiya kuniga 4,3 mln barrel neft sotib oladi. Mamlakatda 2000-yillar boshidan neft ishlatilishi hajmi energiya tejashning samarali texnologiyalarining joriy qilinishi sababli 20 foizga qisqargan.