Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya TIV: Tokio Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida qo‘shimcha 350 mln dollar beradi
Yaponiya mamlakati Suriya va Yaqin Sharq hududidagi vaziyatlarni barqarorlashtirish uchun qo‘shimcha 350 mln dollar mablag‘ ajratadi. Bu haqda yaponiyaning tashqi siyosiy faoliyatidagi yetakchisi Fumio Kisida Tokiodagi Yapon institutida bo‘lib o‘tgan forumda ta'kidlab o‘tgan, deb yozmoqda TASS.
«Suriya va Iroq hududlaridan ko‘chib ketganlar muhojirlarga yordam sifatida ajratilgan yordamdan tashqari Suriya va Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun yana qo‘shimcha 350 mln dollar mablag‘ ajratamiz», - deya ta'kidlagan Kisida.
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe 2015 yilning 29 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqida Yaponiya tomonidan Suriya va Iroqdagi muhojirlarga yordam berish uchun 810 mln dollar ajratilgani haqida bayonot bergandi.