Sport | 16:09 / 19.01.2016
3506
1 daqiqa o‘qiladi

Zidan: Fransiya Benzema kabi yuqori saviyali hujumchidan voz kechmasligi kerak

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Karima Benzemaning Fransiya milliy terma jamoasidan chetlatilishiga qarshi ekanini bildirib o‘tdi.

«Fransiya terma jamoasi Benzema kabi yuqori saviyali futbolchilarni terma jamoada o‘ynatmasligi mumkin emas. Uning maydonda nimalar qilayotganiga baho berish uchun statistikasiga qarash yetarli bo‘ladi.

«Real»da Karim Benzemaga o‘xshash futbolchilarsiz o‘ynash qiyin bo‘lgan bo‘lardi.

Benzema nafaqat gol urmoqda. U har qanday darajadagi jamoada e'tiborga molik o‘yin ko‘rsata oladi. Chunki u har qanday saviyadagi sheriklar bilan ham o‘ynash qobiliyatiga ega. Bu esa har kimga ham berilavermaydigan xususiyat», – dedi Zidan.