Jamiyat | 15:50 / 20.01.2016
5405
1 daqiqa o‘qiladi

American Airlines aviakompaniyasining qora tanli yo‘lovchilari samolyotdan tushirib yuborildi

American Airlines aviakompaniyasining 4 nafar qora tanli yo‘lovchisi Torontodagi aeroportda havoga ko‘tarilish arafasidagi samolyot bortidan tushirib qoldirilgan. Samolyot bortidagi xizmatchilar ularning bortdaligidan o‘zini yomon his qila boshlagani bunga sabab bo‘lgan. Bu haqda The Independent xabar qildi.

"Styuardessa va uchuvchi bizning samolyotdaligimiz tufayli tashvishga tusha boshlashdi", deydi bortdan chiqarib yuborilgan yo‘lovchilardan biri.

Bu to‘rt nafar yo‘lovchi ham Bruklin shahrida yashovchi fuqarolar hisoblanishadi. Ulardan biri hind, qolganlari musulmon diniga e'tiqod qilishi qayd etilgan.

Ular aviakompaniya rahbariyatiga murojaat qilishgan va bu hodisa haqida aytib berishgan. Endi ularning har biri bu harakat irqchilik harakati sifatida baholanib, keltirilgan ma'naviy zararni qoplash sifatida 6 mln dollardan tovon puli kutishmoqda.