O‘zbekiston | 12:42 / 20.01.2016
7142
1 daqiqa o‘qiladi

Babayan: Turnirning ikki turidagi mag‘lubiyatlarimiz asossiz va adolatsiz bo‘ldi

O‘zbekiston va Yaman olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin Samvel Babayan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ushbu musobaqaga tayyorgarlik jarayonida yaratgan o‘yin uslubimizni sifatli tarzda ko‘rsatishimiz kerak edi. Muxlislar oldida o‘z sha'nimizni tiklashimiz lozim edi. Avvalgi ikkita o‘yindagi mag‘lubiyatlar tasodif, asossiz va adolatsiz bo‘lganini barchaga isbotlashimiz kerak edi.

Ushbu tarkibdagi futbolchilar yaqin yillarda milliy terma jamoa a'zosiga aylanishadi. Ularning ayrimlari hozirdanoq bosh jamoamizda o‘ynashga ulgurishdi, ayrimlari asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanadi. Ushbu musobaqada ayrim chiziqlardagi muammolar bilan o‘ynadik. Shunga qaramay, iqtidorli yoshlar erta-indin O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini munosib himoya qilishadi, deb o‘ylayman", — dedi Samvel Babayan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish