Fan-texnika | 18:49 / 20.01.2016
7408
1 daqiqa o‘qiladi
Batareykaning yaroqli yoki yaroqli emasligini qanday aniqlash mumkin? (Video)
Shunday holatlar bo‘ladiki, soat, fonar yoki fotoapparat batareykasini darhol almashtirishga to‘g‘ri keladi. Aksiga olib, qutichadagi eski va yangi batareykalar aralashib qolgan. Bu vaziyatda nima qilish kerak? Sizda esa har bitta batareykani tekshirib ko‘rishga ortiqcha vaqt ham, uni aniqlashning biror bir moslamasi ham yo‘q. Tashvishlanishga hojat yo‘q, buni aniqlashning osongina yo‘li bor. Sizga taqdim etmoqchi bo‘lganimiz videolavhada ana shunday usullardan birini namoyish etamiz.
Tasvirda ko‘rib turganingizdek yangi batareyka chidamli va mustahkam bo‘ladi, foydalanilgan batareyka esa, tom ma'noda aytganda oyog‘ida ham turolmaydi.