Jahon | 18:13 / 20.01.2016
4215
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada so‘zni xato yozgan maktab o‘quvchisi ekstremizmda gumonlandi

Britaniyaning Lankashir grafligida yashovchi 10 yoshli musulmon o‘quvchi terroristik tarmoqlarga aloqadorlikda gumonlanib so‘roq qilindi. Bunga uning maktabda ingliz tili darsida yo‘l qo‘ygan xatosi sabab bo‘ldi, deya xabar bermoqda BBC News.

Musulmon oilasidan bo‘lgan bolakay taunxaus (terraced house)da yashashini yozish o‘rniga terroristlar bilan (terrorist house) istiqomat qilaman, deb yozib yuborgan. Keyingi kuni tartibni saqlash xodimlari o‘quvchini so‘roq qilib, uning noutbukini tekshirishdi.

Bolaning ota-onasi hodisadan hayratga tushgani, maktab va huquq-tartibot organlari xodimlaridan kechirim so‘rashini kutayotganlarini ma'lum qilishdi. Ularning aytishicha, ingliz tili o‘qituvchisi bolada imlo bo‘yicha muammo borligini bilgan.

Xabarlarga ko‘ra, hodisa 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan, biroq ota-ona endigina bu haqda ma'lum qilishgan.

The Guardian ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilda Britaniyada aksilterror strategiya ishlab chiqilgan bo‘lib, mahalliy hukumatlar, qamoqxona va maktablar ekstremizmning ehtimoliy tahdidlari va radikal qarashlar to‘g‘risida politsiyaga xabar berishlari lozim. O‘tgan yilning yanvar-oktabr oylarida britan tartibot xodimlari tomonidan 1355 nafar voyaga yetmagan so‘roq qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish