Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiya razvedkasining sobiq rahbari: agar biz NATOga kirsak, Rossiya choralar ko‘radi
Agarda Finlyandiya NATO tarkibiga qo‘shilsa, Rossiya shunga muvofiq choralar ko‘radi. Bu haqda mamlakat razvedkasining sobiq rahbari polkovnik Sakari Vallinmaa Huvudstatsbladet gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Oxirgi yillarda polkovnik Rossiyadagi harbiy-siyosiy vaziyat o‘zgarishlarini kuzatib borib, uning mudofaa salohiyati kuchaytirilayotganiga amin bo‘ldi.
“Finlyandiya uning qo‘shnisi oxirgi paytlarda harbiy quvvatini oshirib borgan, texnikasini modernizatsiya qilib borayotgan, ham an'anaviy, ham kutilmagan o‘quvlar o‘tkazib kelayotgan qudratli davlat ekanligini tan olmog‘i lozim”, - ta'kidladi sobiq razvedkachi.
Shu bilan birga, Rossiya harbiy salohiyatining o‘sishi Finlyandiyaga bevosita harbiy tahdid solmaydi. Vallinmaaning ta'kidlashicha, hozircha razvedka bu borada hech qanday ma'lumotga ega emas.