Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frenk Lempard: Menimcha, «Chelsi» yozda chiziqlarni kuchaytirish uchun 4-5 futbolchini yangilaydi
«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Frenk Lempard jamoaning mavsumni omadsiz o‘tkazayotgani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Men Rojdestvoni o‘tkazish uchun Angliyaga kelganimda jamoaga yangi qon kerakligini ko‘rdim.
Bu juda og‘riqli vaziyat. Holbuki, jamoaning bu tarkibi 1 yil oldin juda kuchli ko‘rinayotgandi.
Endilikda ko‘pchilikning nazdida «Chelsi»da qayta qurish ishlarini olib borish zarurati yuzaga kelgan. Menimcha ham, jamoadagi bir qancha futbolchilarni yangilariga almashtirish kerak.
Menimcha bu yozgi transferlar vaqtida ro‘y beradi. O‘ylaymanki, jamoa chiziqlarni kuchaytirish uchun 3-4, balki 5 futbolchini transfer qiladi», deydi Lempard.